Главная » 2016 » Июнь » 22 » Toshkentda soyabonlar xiyoboni paydo bo`ldi(Foto)
10:41
Toshkentda soyabonlar xiyoboni paydo bo`ldi(Foto)


 

20 iyun kuni Toshkent shahrida kichik soyabonlar xiyoboni paydo bo`ldi. Bu haqda “afisha.uz” xabar bermoqda. Poytaxtning Sodiq Azimov (S1) ko`chasidagi yo`lakcha bo`ylab 50 dan ziyod rang-barang soyabonlar osib qo`yilgan. 




Yaqin kunlarda mazkur xiyobon maxsus chiroqlar bilan yoritiladi. Bu esa xiyobonda tungi vaqtda ham sayr qilish imkonini beradi. Soyabonlar installyasiyasi joriy yilning avgust oyi o`rtalariga qadar ochiq bo`ladi



Portugaliyada ushbu aksiya Umbrella Sky nomi bilan mashhur. Ilk bora 2011 yilda Agueda (Agueda) shahridagi tor ko`chalardan biri rangli soyabonlar bilan “yopilgan” edi. Shundan buyon har yili iyul oyida bu an`ana davom etib kelmoqda. Soyabonlar ostida turli ko`ngilochar tadbirlar o`tkaziladi.



 

 
Прикрепления: Картинка 1
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Просмотров: 1022 | Добавил: AdminoFF | Теги: xiyobon, soyabonlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: