Главная » AVTO OLAM

Toshkentda Spark, Lacetti va Matiz ishtirokida mudhish YTH sodir bo‘ldi







3 noyabr kuni Toshkent shahrining Shahrisabz va T.Shevchenko ko‘chalari kesishgan chorrahada Spark, Lacetti va Matiz avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari xabar bermoqda. YTH natijasi uchala mashinaning ham kuzov qismiga jiddiy shikast yetgan.
 
Keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, Spark haydovchisi ayol kishi bo‘lgan. U to‘qnashuv sodir bo‘lgach, o‘sha zahotiyoq shifoxonaga olib ketilgan. Ayol boshidan og‘ir jarohat olgani aytilmoqda.
 
“YTH natijasida qurbon bo‘lganlar ham bo‘lishi mumkin. Chunki atrofda qon izlari ham ko‘zga tashlanadi”, deyiladi guruh a’zolarining yozishmalarida.
 
Yo‘l-transport hodisasiga kim aybdor ekani noma’lum. Biroq, voqea sodir bo‘lgan vaqtda svetofor ishlamayotgani aytilgan.
 
Malumot o‘rnida, 3 noyabr kuni Toshkent shahri ob-havosida keskin o‘zgarish ro‘y berdi. Qattiq shamol turdi, so‘ng yomg‘ir yog‘a boshladi. Bunday ob-havo sharoitida avtomobil haydovchilari xushyorlikni yanada oshirgani ma’qul. Ayniqsa, chorrahadagi svetofor chiroqlari ishlamay qolgan bir paytda haydovchilardan yanada sergaklik talab etiladi.
 
Yomg‘irli ob-havoda asfalt yo‘llarda g‘ildiraklarning bo‘ysunishi biroz qiyin. Tezlikni oshirish haqida esa, hatto, o‘ylamaslik kerak. Yo‘lingiz bexatar bo‘lsin. 

Источник: qalampir.uz
Категория: AVTO OLAM | Добавил: AdminoFF (04.11.2016)
Просмотров: 898 | Теги: YTH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar