Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

Toshkentdagi do‘konlardan birida “ezgulik” peshtaxtasi paydo bo‘ldi



Toshkentning Aviasozlar bozori qarshisida joylashgan “Lukoshko” do‘koniga tashrif buyuruvchilar qiziqarli yangilik — “ezgulik” peshtaxtasini uchratishi mumkin. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
“Agar bugun yegulik xarid qilish imkoniyatingiz bo‘lmasa, ushbu peshtaxtadagi mahsulotlarni tekinga oling. Agar biror muhtoj kishiga yordam berish istagingiz bo‘lsa, mahsulotlarning qiymatini to‘lab, ularni mazkur peshtaxtada qoldirishingiz mumkin”, — deb yozilgan mahsulotlar peshtaxtasi yuqorisidagi e’longa.
 
Do‘kon direktorining ma’lum qilishicha, bu xayrli tashabbusni xaridorlar ko‘tarinki ruh bilan qarshi olgan. Peshtaxta juda kam holatlarda bo‘shab qoladi. Uni eng zarur mahsulotlar — non mahsulotlari, yormalar, shakar, konserva va boshqa mahsulotlar bilan to‘ldirib turuvchi kishilar doim topilmoqda.
 
Savdo markaziga tashrif buyuruvchi pensionerlar ko‘pincha yeguliklarni tekinga olishga tortinadi. Shunda do‘kon xodimlari ularga ko‘ngilli xaridorlar shunchaki yordam berishni istayotganligini tushuntirmoqda.

Источник: Daryo.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (26.08.2016)
Просмотров: 395 | Теги: Do‘kon Peshtaxta | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar