Toshkentdagi “Fleshka” savdo majmuasida Samsung Galaxy A7 (2016) smartfoni 2,6 mln so‘mdan sotila boshladi


Samsung Electronics kompaniyasi O‘zbekistonda Samsung Galaxy A smartfonlarining yangilangan lineykasini sota boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Lineykaga Galaxy A3, A5 va A7 modellari kiradi.

2015-yil oxirida taqdim etilgan ushbu qurilmalar lineykasi  shisha va metall korpus, ergonomik dizayn, universal slot (SIM+SIM / SIM+microSD), katta sig‘imli akkumulyator, tezkor zaryad olish funksiyasi, mukammallashtirilgan kamera, yaxshilangan protsessor va 4G/LTE texnologiyasi bilan ajralib turadi.

Galaxy A7 (2016) sakkiz yadroli Samsung Exynos 7580 protsessori, 3 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira (+microSD), 13 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera, 3300 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega.

Qurilma TouchWiz firma qobig‘iga ega Android 5.1 operatsion tizimida ishlaydi.

Toshkentdagi “Fleshka” savdo majmuasida Samsung Galaxy A7 (2016) smartfonini 2,6 million so‘mga sotib olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangilangan lineykadagi  Samsung Galaxy A3(2016) smartfonini 1,7 million so‘mga, Galaxy 5 (2016) smartfonini esa 2,2 million so‘mga xarid qilish mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.



Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: samsung
Просмотров: 1336 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 15:56
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz