Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

Toshkentdagi Inha universiteti yangi logistika yo‘nalishiga 80 nafar talabani qabul qiladi





Toshkentdagi Inha universiteti 2016—2017-o‘quv yilida 330 nafar talabani qabul qiladi. Shuningdek, o‘quv yurtida yangi yo‘nalish ochiladi. Bu haqda Toshkentdagi matbuot anjumani chog‘ida universitet rektori Sherzod Shermatov ma’lum qildi, deyaxabar beradi UzDaily.

Rektorga ko‘ra, kelgusi o‘quv yilidan universitetda yangi — logistika yo‘nalishi ochiladi. Mazkur fakultetning o‘quv dasturi xalqaro logistika, yetkazib berishlar tizimini boshqarish, yuk tashish, havo va temiryo‘l transportini boshqarish tizimi kabi professional, biznes jarayonlarini boshqarish, resurslarni rejalashtirish va boshqarish tizimi kabi axborot yo‘nalishlariga asoslanadi. Ushbu yo‘nalishni muvaffaqiyatli yakunlagan mutaxassislar logistika jarayonlarini boshqarish – logistika kompaniyasini tuzishdan to uning faoliyatini yuritishga qadar bo‘lgan barcha bilimlarni egallaydi.

Yangi fakultetga kirish imtihonida matematikadan imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan hamda kamida 6 ballik IELTS sertifikati yoki 75 ballik TOEFL sertifikati mavjud bo‘lgan talabalar qabul qilinadi. Fakultetda o‘qish kontrakt asosida bo‘ladi. Shuningdek, kirish imtihoni natijalariga ko‘ra 5 nafar eng yaxshi talaba birinchi o‘quv yilining birinchi semestri uchun o‘qish to‘lovidan butunlay yoki ellik foizga ozod etiladi. Bunday imtiyozlar birinchi semestrni eng yuqori ballar bilan tamomlagan dastlabki besh nafar talabaga ham beriladi. Shu bilan birga, manfaatdor korxonalar tomonidan keyinchalik ishlab berish sharti bilan talabalar o‘qishi uchun maqsadli grant ajratilishi mumkin.

2016—2017-o‘quv yilida Inha universiteti “Kompyuter injiniring” va “Dasturiy injiniring” yo‘nalishlariga 250, logistika yo‘nalishiga 80, jami 330 nafar talabani qabul qiladi. 


Источник: daryo.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (16.06.2016)
Просмотров: 287 | Теги: Inha universiteti | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar