Главная » 2016 » Ноябрь » 20 » Toshkentdagi transformator nimstansiyasida kuchli yong‘in ro‘y berdi
16:54
Toshkentdagi transformator nimstansiyasida kuchli yong‘in ro‘y berdi





19-noyabr, shanba kuni Toshkentdagi Usta Shirin ko‘chasida joylashgan transformator nimstansiyasida kuchli yong‘in yuz berdi, buning oqibatida Yunusobod va Olmazor tumanlarining ayrim dahalari elektr quvvatisiz qoldi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
Voqea joyidan olingan suratlar ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.
 
Nashrning Toshkent hokimiyatidagi dispetcherlik xizmatiga asoslanib yozishicha, yong‘in qisqa vaqtda o‘chirildi.
“Mutaxassislar ushbu tumanlarda yashovchi aholining uyiga elektrni qaytarish uchun barcha ishni qilmoqda. Bu yaqin 2 soat ichida amalga oshadi deb o‘ylayman”, — deb ta’kidladi nashrning suhbatdoshi.

Yong‘inning sabablari hozircha noma’lum.
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Просмотров: 448 | Добавил: AdminoFF | Теги: toshkent, yong‘in | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: