Toshkentdagi tungi klubda ayollar striptizi taqdim etilayotgani aniqlandi (video)

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida ichki ishlar idoralari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda tuman hududida joylashgan “Luksor” tungi klubi soat 23:00 dan keyin faoliyat olib borayotgani aniqlandi. Bu haqda Zo‘r TV telekanalining “25 soat” dasturida  xabar berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, muassasada tungi klubning barcha xizmatlari qayta tiklangani, spirtli ichimliklar va chilim tarqatilayotgani aniqlangan.

“Ayollar striptizi ham mijozlarga taqdim qilinayotgani, bu yerdagi yarim yalang‘och qizlarning raqs tushayotgani maxsus sahnadan isbotini topib turibdi”, — deyiladi telekanal lavhasida.

Ichki ishlar xodimlari klub mutasaddisiga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tushuntirib, ko‘riladigan choralar haqida ogohlantirish berdi.

Ushbu muassasada aniqlangan holatlarga oydinlik kiritish va belgilangan hujjatlarni rasmiylashtirish uchun karantin qoidalarini buzganlar va bunga sharoit yaratib berganlar Ichki ishlar bo‘limiga olib ketildi.

 

VIDEONI YUKLAB OLISH 



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR
Просмотров: 1200 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 13:16
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz