Toshkentga Alisher Usmonovni 65 yoshi bilan tabriklash uchun milliarderlar yig‘ilmoqda

Dunyoning turli oligarxlariga qarashli shaxsiy va tijoriy aviajetlari “Toshkent” xalqaro aeroportiga kelmoqda. Bu haqda “AviaSpotter” Telegram kanali  xabar  berdi. 

Kanalga ko‘ra, milliarder Alisher Usmonovning 9-sentabrda Toshkentda nishonlanadigan tug‘ilgan kuni munosabati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

7-sentabrdan boshlab Toshkentga turli rusumdagi samolyotlar charter reyslar bilan kelgan. Alisher Usmonovning “Bourkhan” avialayneri ham shu kuni Sochidan poytaxtga kelgan.

Poytaxtga nufuzli futbol klublari “Vnukovo” aeroportidan SSKA prezidenti Yevgeniy Giner , “GainJet Aviation”ga qarashli Angliyaning “Manchester Siti”, “Tottenxem”, Portugaliyadan “Benfika” klublariga xizmat ko‘rsatadigan “Boeing 737-23N” samolyoti ham O‘zbekistonga yetib keldi.

Rossiyalik biznesmen, “Magnitogorsk metallurgiya kombinati” direktorlar kengashi raisi, Viktor Rashnikovning shaxsiy “Bombardier golfstream G650” samolyoti ham 8-sentabr kuni Toshkentga qo‘ngan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning  29-avgust farmoni bilan Rossiyaning “USM Holding” aksionerlik jamiyati ta’sischisi Alisher Usmonov “El-yurt hurmati” ordeni bilan  taqdirlagan edi.

 



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR
Просмотров: 2853 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 05:29
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz