Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

Toshkentlik fuqaro rafiqasiga salkam 8 million so`mlik guldasta sovg`a qildi(Foto)

 
 

Ijtimoiy tarmoqlarda 7500 dona atirgullardan iborat ulkan guldastaning suratlari tarqaldi. 

Mazkur suratni internetga joylagan foydalanuvchi uni quyidagicha izohladi: 

“Bugun mening qo`shnim o`z rafiqasining tug`ilgan kuniga mana shunday chiroyli guldastani sovg`a qildi. Guldasta 7500 dona atirguldan iborat. Yashang, qo`shni! Har bir ayolga mana shunday guldasta sovg`a qilinishini tilayman!” 

Ulkan guldastaning suratlari internet foydalanuvchilari tomonidan keng muhokama qilindi. Kimdir guldasta sovg`a qilinayotgan ayolga xavas qilishini aytsa, yana kimdir “bunday katta guldastaning o`rniga boshqa sovg`a bersa bo`lardi” qabilidagi izohlarni yozib qoldirmoqda. 
Ma`lumotlarga ko`ra, bunday ulkan guldastaning narxi salkam 8 million so`mni tashkil etadi.


Источник: darakchi.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (13.06.2016)
Просмотров: 939 | Теги: internet foydalanuvchilar, sovga, Guldasta | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar