Главная » SPORT YANGILIKLARI

Toshkentning “Lokomotiv” klubi mamlakat tarixida ilk bor chempionlikni qo‘lga kiritdi





Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 29-turi doirasida maydonga tushib ulgurmagan Toshkentning “Lokomotiv” klubi chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu yo‘lda u bilan raqobat olib borayotgan “Bunyodkor” o‘z maydonida “Navbahor”ni yenga olmagach, chempionlik masalasi hal etildi.
Navbahor”ga qarshi bellashuvning 71-daqiqasida bosh hakam namanganliklar darvozasiga penalti belgiladi, qo‘shimchasiga mehmonlardan bir futbolchini maydondan chetlatdi. Shunga qaramay “qaldirg‘ochlar” vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartira olmay, chempionlikni boy berdi.
 
Bosh murabbiy Sergey Lushchan ketma-ket ikki mavsumni 4-o‘rinda yakunlagan bo‘lsa, bu safar 2-o‘rin bilan cheklandi va baribir O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kirita olmadi. Uning boshqaruvida klub Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichlaridan ham chiqa olmagan.
 
Navoiyning “Qizilqum” klubi esa o‘z tarixida ilk bor Farg‘onadan g‘alaba bilan qaytdi. 2000-yilgi mavsumdan buyon Oliy Ligada ishtirok etadigan “Qizilqum” “Neftchi” maydoniga 16 bor tashrif buyurib, faqatgina 2 ta o‘yinda durangga erishgan, qolganlarida imkoniyatni boy bergandi. Bu safar esa tarixiy g‘alaba qo‘lga kiritildi.
 
“Buxoro” klubi qatorasiga oltinchi mavsum ham Muborak shahridan g‘alaba bilan qayta olmadi — 0:2.
 
O‘zbekiston Oliy Ligasi
29-tur uchrashuvlari
17-noyabr, payshanba
 
“Bunyodkor” — “Navbahor” 1:1
 
Gollar: Abdumalik Abdullayev, 28 (0:1). Doston Hamdamov, 71-pen (1:1).
Chetlatish: Aziz Mamazoitov, 71 (N).
 
“Neftchi” — “Qizilqum” 0:1
 
Gol: Ilhom Yunusov, 65-pen (0:1).
 
“Mash’al” — “Buxoro” 2:0
 
Gollar: Sardor Abduraimov, 42 (1:0). Humoyun Murtazoyev, 81 (2:0).
 
18-noyabr, juma
“Lokomotiv” — “Metallurg”
“Olmaliq” — “Paxtakor”
“Sho‘rtan” — “Qo‘qon—1912”
 
19-noyabr, shanba
“So‘g‘diyona” — “Nasaf”

Источник: Daryo.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (17.11.2016)
Просмотров: 284 | Комментарии: 2 | Теги: Lokomotiv klubi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar