Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

Toshkentning markaziy tumanlaridan birida bino quladi. Qurbonlar bor







 

2016 yil 26 oktyabr kuni 11:30 larda Toshkent shahar Shayxontoxur tumani Farobiy ko`chasidagi qurilish ishlari olib borilayotgan 393b-sonli bino konstruksiyalarining to`satdan qulashi sodir bo`lgan.

Ushbu favqulodda vaziyat oqibatida 3 kishi halok bo`lgan va 2 kishi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan, deya xabar beradi Faqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, favqulodda vaziyat sodir bo`lishiga qurilish me`yor-qoidalarining buzilishi sabab bo`lgan.

FVV qutqaruv bo`linmalari tomonidan bino vayronalari ostidan 2 kishi qutqarib olingan va halok bo`lganlarning jasadi olib chiqilgan.

Qulash sodir bo`lgan joyda FVV, IIV YoXB va Toshkent shahar hokimligining kuch va vositalari tomonidan vayronalarni tozalash ishlari olib borilmoqda.

Favqulodda vaziyat o`chog`i Toshkent shahar IIBB kuch va vositalari tomonidan o`rab olingan hamda olib borilayotgan ishlar xavfsizligi ta`minlangan.

Yuzaga kelgan holat yuzasidan Shayxontoxur tumani IIB va Prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Источник: darakchi.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (27.10.2016)
Просмотров: 1046 | Теги: FVV | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar