Главная » 2017 » Январь » 6 » Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida Malibu va “KamAZ” to‘qnashdi, O‘rikzorda esa “Jiguli” beton to‘siq ustiga chiqib ketdi
20:45
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida Malibu va “KamAZ” to‘qnashdi, O‘rikzorda esa “Jiguli” beton to‘siq ustiga chiqib ketdi



Toshkentda 5-yanvar, payshanba kuni bir qator yo‘l-transport hodisalari kuzatildi. Hodisalar haqida Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida fotoxabarlar qoldirilgan.

Xabar berishlaricha, Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida “KamAZ” va Malibu ishtirokida avariya yuz bergan. To‘qnashuv natijasida jabrlanganlar haqida axborot yo‘q.
Suratlarda Malibu’ga jiddiy zarar yetganini ko‘rish mumkin. YTH qanday yuz bergani haqida batafsil axborot berilmagan.


Xuddi shu kuni Toshkentning O‘rikzor dahasida Toshkent halqa avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlanayotgan “Jiguli” avtomobili qarama-qarshi qatnov qismidan ajratib turuvchi past bo‘lmagan beton to‘siq ustiga chiqib ketgan.




Hodisa qanday yuz bergani haqida aniq axborot yo‘q: ba’zilar haydovchi birdan yo‘lda paydo bo‘lgan piyodani urib yubormaslik uchun rulni o‘ngga burganini, boshqalar esa “Jiguli”ni boshqa bir mashina qasddan “burchakka qamab ketgani” haqida yozgan.
Jabrlanuvchilar haqida ma’lumot berilmagan
Категория: AVTO OLAM | Просмотров: 1396 | Добавил: AdminoFF | Теги: Yth Sentyabir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: