Toyota oyna ko‘targichlarida aniqlangan muammo tufayli dunyo bo‘ylab 6,5 millionta avtomobilini chaqirib olmoqda


Toyota Motor Corp. kompaniyasi oyna ko‘targichlarini boshqaruvchi moslamada aniqlangan muammolar tufayli, dunyo bo‘ylab 6,5 millionta avtomobilni, shu jumladan, Corolla modellarini ham chaqirib olmoqda. Bu haqda, Bloomberg taqdim etgan ma’lumotlarga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Chaqirib olinishi lozim bo‘lgan avtomobillar 2005-yil yanvar oyidan 2006-yil avgust oyigacha, shuningdek, 2008-yil avgust oyidan 2010-yil iyun oyigacha sotuvga chiqarilgan. Nosozlik Yaponiya zavodlarida ishlab chiqarilgan avtomobillarda aniqlangan.Kompaniya xabar berishicha, oyna ko‘targichlari bilan bog‘liq bo‘lgan muammoga Yaponiyada ishlab chiqarilmagan, lekin, 2005-yil avgust oyidan 2006-yil avgust oyigacha, shuningdek, 2009-yil yanvar oyidan 2010-yil dekabr oyigacha bo‘lgan davr ichida ishlab chiqarilgan avtomobil egalari ham duch kelishi mumkin.Kompaniya muammo yoqib-o‘chirish moslamasiga tegishli ekanligini, uning nosozligi qisqa tutashuvga va buning oqibatida yong‘inga olib kelishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantiradi.



Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 1055 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 08:25
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz