“Turkiston”da 8-mart munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

"Turkiston” saroyida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Yig‘ilishda senatorlar, deputatlar, ijtimoiy-iqtisodiy, ilm-fan, madaniy-ma’rifiy sohalarda fidokorona mehnat qilayotgan ayollar, xotin-qizlar qo‘mitalari faollari, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar, turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari vakillari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari ishtirok etdi. Tantanali yig‘ilishni Toshkent shahar hokimi R. Usmonov ochdi. Tadbirda Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston xotin-qizlariga bayram tabrigini Prezidentning Davlat maslahatchisi X. Sultonov o‘qib eshittirdi. Tadbirda ta’kidlanganidek, bir qator ijtimoiy dasturlar samarasida ayollarni ish bilan ta’minlash, ular uchun munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2013-yilda xotin-qizlar uchun 466 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. Ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, o‘z biznesini boshlash istagidagi xotin-qizlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun imtiyozli kreditlar ajratishga katta ahamiyat berildi.



Категория: FIKR MULOXAZA | Теги: “Turkiston”da 8-mart munosabati bil
Просмотров: 1604 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 07:56
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz