Turkmaniston prezidenti 23−24-aprel kunlari O‘zbekistonga keladi


Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 23-aprel kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan keladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Davlat rahbarlari Ko‘ksaroyda tor va keng doirada muzokaralar o‘tkazadi. Ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi.

Tashrif dasturi keng va mazmunga boy tarzda tuzilgan.

Prezidentlarning poytaxtdagi Maxtumquli ko‘chasiga borishi, Ashxobod sayilgohining ochilish marosimida qatnashishi mo‘ljallangan.

Gurbanguli Berdimuhamedov 24-aprel kuni Xorazm viloyatiga boradi. Urganch tumanidagi “Ulli hovli” yodgorligi, Xivadagi “Ichan qal’a” majmuasiga tashrif va boshqa madaniy tadbirlar rejalashtirilgan.



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: Turkmaniston prezidenti, 23−24-aprel, kunlari, O‘zbekistonga keladi
Просмотров: 959 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 08:54
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz