Главная » DUYNO XABARLARI

Turkmaniston prezidenti yordamchisining harakati Angela Merkelni hayratga soldi(Foto va video)




Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning Germaniyaga tashrifi chog`ida kutilmagan hodisa yuz berdi, deb yozadi “1news.az”.

Gap shundaki, prezidentning yordamchisi Germaniya kanslerining ko`z o`ngida minbarga qo`yilgan suvni hech qanday tushuntirishsiz almashtirib qo`ydi.



Mazkur holat 29 avgust kuni ro`y bergan edi.

Tadbir tashkilotchilari har bir prezident uchun alohida tribuna va alohida stakanda suv qo`yib chiqqan edi. Biroq matbuot anjumani boshlanishidan avval Berdimuhamedovning yordamchisi minbardagi suv turgan stakanni olib, o`rniga boshqasini qo`yib qo`ydi. 



Yuz berayotgan hodisa shu darajada kutilmagan, tushunarsiz va mantiqsiz ediki, hattoki Angela Merkel ham bu holatda hayratini yashirolmadi”,—deyiladi xabarda. 



Turkmaniston prezidentining yordamchisi esa o`z xatti-harakatlariga izoh bermagan. Ko`rinib turibdiki, stakanni almashtirish Germaniyadagi ichimlik suviga ishonmaslikdan va prezident zaharlanishining oldini olish maqsadida qilingan.





 
 

Источник: darakchi.uz
Категория: DUYNO XABARLARI | Добавил: AdminoFF (09.09.2016)
Просмотров: 1147 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar