Turkmanistonda benzin narxi bir yarim baravarga ko‘tarildi


Turkmanistonda 95-benzinning bir litri 1,5 manat, 92-benzinning bir litri 1,35 manat etib belgilandi (O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan 2018-yil 1-fevral uchun o‘rnatilgan valyuta kursiga ko‘ra, 1 turkman manati – 2342,63 so‘m), deb yozadi O‘zA.

Garchi benzin narxi 50 foizga ko‘tarilgan bo‘lsa ham Turkmanistonda bu ko‘rsatkich hanuz MDH davlatlari o‘rtasida eng past qiymat bo‘lib qolmoqda.

Turkmaniston uzoq yillar davomida “benzinli jannat” hisoblanardi — mamlakatdagi yoqilg‘i narxi dunyodagi eng past ko‘rsatkichlardan biri edi. Mamlakatning birinchi prezidenti Saparmurat Niyozov davrida benzinning bahosi bir litr uchun atigi 2 sent etib belgilangan edi.

2007-yildan mamlakatni boshqargan prezident Gurbanguli Berdimuhammedov 2008-yilda turkmanistonlik avtomobil haydovchilari uchun benzinning bepul limitini joriy etgan. Mamlakatda benzin narxi pastligi bilan bir qatorda avtomobil egalari oyiga 120 litr benzin bepul olgan. Bepul benzin davri olti yil davom etgan va 2014-yili bekor qilingan.



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: baravarga ko‘tarildi, Turkmanistonda, benzin, bir yarim, narxi
Просмотров: 2296 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 05:14
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz