UFC 246 musobaqasi yakunlandi. G‘alaba qozonganlar ro‘yxati

AQShning Las-Vegas shahrida 19-yanvar, yakshanba kuni UFC 246 musobaqasini bo‘lib o‘tdi.


Kechaning asosiy jangida ikkita vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor (22-4) birinchi raunddayoq Donald Serroneni (36-14) nokautga uchratdi. Buning uchun irlandiyadik jangchiga 40 soniya kifoya bo‘ldi.

Asosiy kardning qolgan natijalari bilan tanishnig:

Holli Holm (13-5) ochkolar bo‘yicha Rakel Penningtonni (10-8) yengdi;

Aleksey Oleynik (58-13-1) ikkinchi raundda og‘rituvchi usul qo‘llab, Moris Grinni (8-4) taslim etdi;

Diyego Ferreyra (17-2) bo‘g‘ish usulini qo‘llab, Entoni Pettisni (22-10) mag‘lub etdi.

Dryu Dober, Diyego Ferreyra, Brayen Kelleher, Aleksey Oleynik va Konor Makgregor kabi ishtirokchilar “kechaning yorqin chiqishi” uchun qo‘shimcha 50 ming yevroga loyiq ko‘rildi.

Musobaqaga 19 040 tomoshabin tashrif buyurdi. Chiptalar savdosidan 11,1 million dollar daromad qilingan.



Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: UFC
Просмотров: 956 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 11:39
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz