Главная » 2016 » Июнь » 3 » UFC kurashchisi Rashid Magomedov Maxachqal’ada cho‘kayotgan bolaning hayotini saqlab qoldi
11:03
UFC kurashchisi Rashid Magomedov Maxachqal’ada cho‘kayotgan bolaning hayotini saqlab qoldi




Qoidasiz janglar kurashchisi Rashid Magomedov 2-iyun, payshanba kuni Rossiya FVVning Dog‘iston bosh boshqarmasi tomonidan cho‘kayotgan odamni qutqarganligi uchun taqdirlandi. 

Hodisa 31-may kuni yuz bergan. UFC kurashchisi Magomedov Maxachqal’adagi Oktabr inqilobi nomidagi kanalga tushib ketgan va cho‘kib ketay degan olti yoshli bolaning hayotini saqlab qolgan.

Ma’lum qilinishicha, Magomedov tanishi bilan kanal atrofidagi bir guruh odamlarni hamda suvda bolani chiqarishga urinayotgan erkak kishini ko‘rib qolgan. Yordamga shoshilgan kurashchi tezda hodisa joyiga suzib borib, bolani tutib olgan va u bilan birga qirg‘oqqa yo‘l olgan. Nihoyat quruqlikka chiqishga erishgan sportchi bolaga sun’iy nafas berib, tez yordam mashinasini kutib o‘tirmasdan, do‘sti bilan birga bolani shifoxonaga olib borgan.

Magomedov FVV Dog‘iston bosh boshqarmasiga taklif etilib, boshqarma boshlig‘i tomonidan minnatdorchilik xati bilan taqdirlandi.

Прикрепления: Картинка 1
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Просмотров: 430 | Добавил: AdminoFF | Теги: Rashid Magomedov, UFC, FVV | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: