Главная » AVTO OLAM

Uka, bu yerni Toshkent deydilar!”: Hamma oldinga, Malibu esa — orqaga. Ko‘cha o‘rtasidagi harakatlanish bo‘lagidan



Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy ko‘chasida olingan e’tiborga molik video e’lon qilindi.

Videoda Chevrolet Malibu avtomobili ko‘chaning o‘rtasidagi harakatlanish bo‘lagidan ortga harakatlanib kelayotganini ko‘rish mumkin. Hodisa Abdulla Qodiriy ko‘chasida yuz bergan.

Malibu nima sababdan ortga harakatlangani noma’lum. Videoxabarga munosabat bildirgan ba’zi foydalanuvchilarning yozishicha, “shu yerdan 200 metr oldinda qayrilib olish joyi bor edi”.

Ma’lumot uchun, Yo‘l harakati qoidalarining 63-bandiga muvofiq, transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashi va boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga xalaqit bermasligi shart.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 147-moddasi 1-qismiga muvofiq, yo‘l harakatiga qasddan xalal berish eng kam ish haqining o‘n baravari (12 iyul holatiga ko‘ra — 1 302 400 so‘m), avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan huquqbuzarlikni sodir etish eng kam ish haqining o‘n baravari (1 302 400 so‘m) miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.


Источник: daryo.uz
Категория: AVTO OLAM | Добавил: AdminoFF (12.07.2016)
Просмотров: 1053 | Теги: Malibu | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar