Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Ukraina Eurovision’ni o‘tkazish uchun Avstriyadan kamroq, Shvetsiyadan esa ko‘proq mablag‘ sarflaydi




Ukraina hukumati 8-avgust, dushanba kungi yig‘ilishida mamlakatda 2017-yili Eurovision qo‘shiq tanlovini o‘tkazish uchun 450 million grivna (18,14 million dollar) ajratdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
2015-yili Venada o‘tkazilgan Eurovision uchun 41 million, shu yili Stokgolmda bo‘lib o‘tgan tanlov uchun esa 15,2 million dollar sarflangandi. Shu tariqa, Ukraina Eurovision uchun Avstriyadan kamroq, Shvetsiyadan esa ko‘proq xarajat qiladigan bo‘ldi.
 
Tanlov o‘tkazish uchun Kiyev, Dnepr va Odessa shaharlari da’vogarlik qilmoqda. Biroq bu bo‘yicha uzil-kesil qaror qabul qilish noma’lum muddatga qoldirildi.
 
Eslatib o‘tamiz, Ukraina o‘z vakilasi Jamala Eurovision’da g‘olib chiqqach, 2017-yili musiqiy tanlovni o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi.

Источник: Daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (09.08.2016)
Просмотров: 172 | Теги: Eurovision | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar