Ulug‘bek Rahmatullaevdan "Alvon lolalar"


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullaev kuni kecha muxlislari e’tiboriga yangi taronasini taqdim qildi. Qo‘shiq "Alvon lolalar" deb nomlangan bo‘lib, u ilk bor xonandaning yakkaxon konsertida ijro qilingan edi. Dasturning o‘zidayoq tinglovchilarini topgan musiqiy asar, premera loyihalarida  ijobiy fikrlar bilan a’lo darajada kutib olindi. "O‘zbegim taronasi" radiosida bo‘lib o‘tgan premera loyihasida Ulug‘bek Rahmatullaevning o‘zi ham mehmon bo‘ldi va jonli efirda tinglovchilar bildirgan iliq fikrlarni qabul qildi. So‘nggi kunlarda muxlislarini xushnud etishda ilg‘orlab ketgan xonandaning "Alvon lolalar" qo‘shig‘i, avvalgilari kabi xit darajasiga chiqishiga shubhamiz yo‘q. Bu hali hammasi emas. Ulug‘bek Rahmatullaev 13 aprel kuni Qozog‘iston poytaxti Ostonada o‘zining yangi konsert dasturi bilan mehmon bo‘ladi. Shunday ekan, xonandaga omad tilab qolamiz.



Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Ulug‘bek Rahmatullaev, Alvon lolalar
Просмотров: 746 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 06:27
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz