Ulug’bekning qo’shiqlarini endi hindlar ham kuylamoqda!!!


O’zbek estradasi yulduzi Ulug’bek Rahmatullaev ijodi tobora yuqori cho’qqilarga chiqib bormoqda. Uning har bir taronasi muxlislar qalbidan joy olayotganligi hammaga kundek ravshan. Shuningdek, xabaringiz bor Ulug’bek Rahmatullaev ijrosidagi taronalarni qo’shni davlat xonandalari ham o’z tillarida kuylab chiqishgan edi.
Mana endi esa butun Osiyo davlatlari bo’ylab Ulug’bekning qo’shiqlari qayta kuylanishni boshladi. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, Ulug’bek Rahmatullaev ijrosidagi «I love you» taronasini hind xonandasi Raj Manohar yangidan, hind tilida ijro etdi. Bu haqida ma’lumot olgach biz Ulug’bek Rahmatullaev bilan bog’landik va uning bu haqidagi fikrini bilishga oshiqdik. Ulug’bek bu holatdan xabar topgach hursand bo’lganligini ma’lum qildi. Nasib qilsa Hindistonga borsa albatta u bilan ko’rishishini aytib o’tdi.
Azizlar ko’rib turganingizdek, faqat bizning o’zbeklar xorijdan qo’shiq o’g'irlamaydi, balki endilikda xorij estradasi vakillari ham bizning yulduzlarimiz qo’shiqlarini o’g'irlab, ijro etishmoqda!!! Yurtimizda mana shunday orginal qo’shiqlar va mana shunday qo’shiqlar kuylaydigan haqiqiy iste’dod sohiblari ko’payaversin!!! Ulug’bek Rahmatullaevga esa barakalla deb qolamiz!!! Omad yor bo’lsin, Ulug’bek!!!


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Ulug’bek Rahmatullaev
Просмотров: 2357 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 04:55
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz