Главная » TEXNOLOGIYA

UMS avgust oyi ohirigacha O'zbekistondan ketishi mumkin

 ​

 

Rossiyaning MTS kompaniyasi avgust ohirigacha O'zbekistonda tashkil qilingan Universal Mobile Systems (UMS) qo'shma korhonasi tarkibidan chiqadi. 

 

Bu haqda vaziyatga aloqador manbasiga asoslangan holda RIA Novosti agentligi habar berdi."Bu masala bo'yicha tomonlar orasida hal qiluvchi qaror qabul qilingan. Yaqin vaqtlar ichida, avgust oyining ohiriga qadar MTS sarmoyadorlar safidan chiqishi mumkin", — degan manba. Shu bilan birga u batafsil ma`lumot berishni istamagan.Shuningdek, UMS kompaniyasi va O'zbektelekom vakillaridan ushbu habar yuzasidan izoh olishning iloji bo'lmagan.«Interfaks» ma`lumotiga ko'ra, UMS kompaniyasining rossiyalik hodimlari (bosh direktordan tashqari) allaqachon O'zbekistonni tark etishgan. UMS aktivlari “Uzmobayl” kompaniyasiga o'tish ehtimoli katta ekani aytilmoqda.Universal Mobile Systems 2014 yilning 1 dekabridan uyali aloqa tarmog'ini tijoriy foydalanishga topshirdi. 2014 yilning iyul' oyida O'zbekiston va MTS («Mobil'nyYe Telesistemy») o'rtasida hamkorlik shartnomasi tuzilgan edi. O'shanda tomonlar qo'shma korhona tuzish haqida kelishib olishgandi. Kelishuvga ko'ra, korhona sarmoyasining 50,01 foizi MTSga, 49,99 foizi «O'zbektelekom» AJga tegishli bo'lib, uyali aloqa operatori 2G/3G/LTE litsenziyalar, kerakli chastotalar, nomerlar hajmi, aloqa kanallari ijarasi bilan ta`minlandi. Tarmoqning boshlang'ich hajmi 2,5 million abonent raqami deb belgilandi.Joriy yilning birinchi choragi yakunlariga ko'ra, UMS abonentlari bazasi 1,287 million kishini tashkil qildi.E`lon qilingan moliyaviy natijalarga ko'ra, UMS 2016 yil birinchi choragida ko'rgan foyda o'tgan chorakka nisbatan 3,5 foizga ko'payib, 85,241 milliard so'mni tashkil etdi (2,2 mlrd rubl'). Bu MTS guruhining umumiy daromadida 2 foizlik ulush demakdir.

 

Источник: kun.uz
Категория: TEXNOLOGIYA | Добавил: AdminoFF (04.08.2016)
Просмотров: 1181 | Теги: UMS | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar