UMS “To‘liq ishonamiz” bepul xizmatini taklif etadi


28-sentabrdan boshlab UMS mobil operatori “To‘liq ishonamiz” bepul xizmatini taqdim eta boshladi. Bu xizmat abonentlarga hatto ularning balansi noldan past bo‘lganida ham aloqa xizmatlaridan to‘la-to‘kis foydalanish imkonini beradi. Ushbu maqolada UMS yangi servis va undan foydalanish shartlari to‘g‘risidagi savollarga batafsil javob beradi.
“To‘liq ishonamiz” degani o‘zi qanday xizmat?
UMS abonentlari endi ularning balansi minus 5$ ga yetgunicha ham mobil aloqadan foydalanishdek noyob imkoniyatga ega bo‘ldilar. Ayni paytda abonent kommunikatsiya usullarining hammasidan foydalanishi mumkin. U mablag‘larni o‘z xohishiga ko‘ra tarif bo‘yicha obuna to‘loviga, O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar va SMS yuborishga, shuningdek, tarif rejasiga kiritilgan to‘plamdan tashqari Internet-trafik sotib olish uchun sarflay oladi. UMS o‘z abonentlariga ishonadi va ularga muloqot uchun eng qulay shart-sharoitni yaratib berishga intiladi.
Bu nima uchun qulay?
Mobil hisobvaraqni to‘ldirib qo‘yishga doim ham vaqt bo‘lavermaydi, albatta. Oylik obuna to‘lovini kiritish tasodifan yoddan ko‘tarilishi yoki yaqin orada to‘lovlarni qabul qilish punkti yoxud bank terminali topilmasligi mumkin. Odatda, balans noldan pasayishi raqam qisman bandlanishiga olib keladi. Bunda abonent faqat kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMS’larni qabul qila oladi. Bandlanish chegarasi minus 5$ gacha pasaytirilishi mijozga to‘kis va sifatli aloqani yo‘qotmay, shoshilmasdan va ortiqcha sa’y-harakatlarsiz, o‘zi uchun qulay sharoit bo‘lganda balansni to‘ldirib olish imkonini beradi.
Bu xizmat kimlarga taqdim etiladi?
Faqat UMS’ning “Optima”, “Maxi”, “MaxiNew” va “Ultra” tarif rejalariga ulangan abonentlar yangi servisdan foydalana oladilar. Ulanish uchun surunkasiga oxirgi 2 oy davomida shaxsiy hisobvaraqdan mablag‘ yechilgan va ayni paytda abonent raqami to‘liq bandlanmagan bo‘lishi shart.
Xizmatni qanday boshqarish mumkin?
“To‘liq ishonamiz” xizmatini boshqarish uchun *164# raqamli yagona USSD-so‘rov mavjud. Abonent uning yordamida mazkur servisni ulashi, o‘chirishi va holatini tekshirishi mumkin. Shuningdek, SMS-xabarlar yordamida ham ishlasa bo‘ladi. Xususan, xizmatni ulash uchun 1 raqamini, o‘chirish uchun 2 raqamini va maqomni tekshirish uchun 0 raqamini 616164 raqamiga yuborish kerak.
“To‘liq ishonamiz” xizmatidan foydalanish va uning maqomini boshqarish mutlaqo bepul!


Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI | Теги: bepul xizmat, taklif etadi, To‘liq ishonamiz, UMS
Просмотров: 1973 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 01:35
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz