Главная » SPORT YANGILIKLARI

Umumjamoa hisobida ilk bor 21-o'rindamiz, MDHda esa ikkinchimiz!




Ikki hafta barchamizni birdek hayajonda ushlab turgan Rio-2016 Olimpiadasi o'z yakuniga etdi.

Sayyoramizning 207ta mamlakati sportchilari ana shu kunlar mobaynida medallar jamlanmasi uchun bahslarda ishtirok etishdi. Quvonarlisi, to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi O'zbekiston sporti tarixi zarvaraqlariga oltin harflar ila bitiladigan bo'ldi.

Terma jamoamiz sportchilari yakunda 4ta oltin, 2ta kumush, 7ta bronza, jami 13ta medal bilan umumjamoa hisobida 207 davlat orasida 21-o'rinni egalladi. Hali tarixda bunaqasi bo'lmagandi. Bu natija bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi hamda Boltiqbo'yi mamlakatlari orasida Rossiyadan so'ng ikkinchi o'rinni egalladik. Qozog'iston terma jamoasi 3ta oltin, 5ta kumush, 9ta bronza medali bilan 22-pog'onadan joy oldi.

Medallar jamg'arish bo'yicha AQSH terma jamoasiga etadigan mamlakat topilmadi. Amerikaliklar jami 121ta medalni qo'lga kiritishdi. SHulardan 46tasi oltin, 37tasi kumush, 38tasi bronza medallaridir. Ikkinchi o'rinni Buyuk Britaniya terma jamoasi band etdi. Ularning umumiy medallar soni 67tani tashkil qildi. Oltin medallar soni 27ta, kumush 23ta, bronza esa 17tadan iborat bo'ldi.

Xitoy terma jamoasi uchinchi o'rindan joy oldi. CHin yurti jamoasi 26ta oltin, 18ta kumush, 26ta bronza medalini qo'lga kiritdi. Olimpiadada jami 59ta davlat terma jamoalari kamida bir nafar Olimpiada chempioniga ega bo'lishdi. Etmish uchta terma jamoa hisobida esa kamida bittadan kumush medal bor. Sakson ettita mamlakat terma jamoasi esa kamida bittadan bronza medaliga ega bo'ldi.

 


Источник: olamsport.com
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (22.08.2016)
Просмотров: 343 | Теги: Rio-2016 medallar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar