Главная » SPORT YANGILIKLARI

“Universiada – 2016” o`z g`oliblarini aniqlandi


Farg`ona shahridagi “Istiqlol” stadionida 28 may kuni “Universiada – 2016” respublika sport o`yinlarining tantanali yopilish marosimi bo`lib o`tdi.  

Musobaqada eng ko`p medal jamg`arib, birinchi o`rinni egallagan Toshkent shahri jamoasi yuksak mukofot – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Universiada – 2016” sport o`yinlari ishtirokchilariga tabrigining asl nusxasi va Prezident sovg`asi – “Damas” avtomobili bilan taqdirlandi. 

Umumjamoa hisobida ikkinchi va uchinchi o`rinlarni egallagan Farg`ona va Samarqand viloyatlari jamoalariga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg`asi – “Damas” avtomobillari topshirildi. 

Murosasiz kurashlarda alohida mahorat ko`rsatgan, tengqurlari orasida yuqori natijalarga erishgan bir guruh talaba-sportchilar maxsus sovrinlarga sazovor bo`ldi. 

Universiada musobaqalari 15 sport turi – basketbol, boks, voleybol, gandbol, dzyudo, engil atletika, og`ir atletika, stol tennisi, suzish, taekvondo (WTF), tennis, futbol, shaxmat, erkin va yunon-rum kurashi bo`yicha tashkil etildi.

Ettinchi bor o`tkazilgan Universiada tom ma`noda sport, yoshlik va go`zallik bayramiga aylandi.

...Stadion uzra musiqa sadolari yangradi. “Universiada – 2016” sport o`yinlarining bayrog`i tushirildi. Uni farg`onalik yoshlar navbatdagi Universiadaga mezbonlik qiladigan Samarqand viloyati sportchilariga topshirdi. 

“Universiada – 2016” sport musobaqalarining tantanali yopilish marosimi sportchilarning ko`rgazmali chiqishlari va san`atkorlarning katta konserti bilan yakunlandi.


Источник: darakchi.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (30.05.2016)
Просмотров: 263 | Теги: unversiada | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar