UYeFAga yangi prezident saylandi


Sloveniya futbol federatsiyasi rahbari Aleksander Cheferin UYeFAning yangi prezidentiga aylandi.
Bugun Afina shahrida UYeFA prezidenti saylovi o'tkazildi. Unda tashkilotga a`zo 55 mamlakat vakillari 2 nomzod orasidan ovoz berish yo'li bilan tashkilot rahbarini aniqlashdi.
 
Saylov yakuniga ko'ra, sloveniyalik Aleksander Cheferin 42 ovoz to'plab, UYeFA prezidenti qilib saylandi. Unga raqiblik qilgan niderlandiyalik Mihael' van Praag 13 ovoz oldi.
 
49 yoshli Cheferin 2011 yildan buyon Sloveniya futbol federatsiyasi rahbari bo'lib ishlab kelmoqda edi. U endi 2007 yildan buyon UYeFA rahbari bo'lgan Mishel' Platini o'rnini egalladi.
 
Aleksander Seferin 1967 yilning 13 oktyabrida Lyublyanada tug'ilgan. U Lyublyana universitetida huquqshunoslik bo'yicha tahsil olgan. Avvaliga oilaviy firmaning advokatlik bo'limida ishlagan. Bu firma professional sportchilar hamda sport klublarining manfaatlarini himoya qilish bilan shug'ullangan.
Keyinroq u otasidan firma boshqaruvini qabul qilib olgan va firma direktoriga aylangan.
Seferinning Sloveniya futbolidagi faoliyati 2005 yilda, u «Litiya» nomli futzal klubi bilan hamkorlik qilishga kirishgach, boshlangan. 2005 yilda Cheferin «Lyublyana LoyYers» nomli havaskor jamoa direktorlar kengashi tarkibiga kirgan, 2006-2011 yillarda esa Lyublyananing «Olimpiya» jamoasi boshqaruvida bo'lgan.
 
Slovenchadan tashqari, Seferin ingliz va ital'yan tillarida bemalol so'zlasha oladi. Uylangan, 3 farzandning otasi.
2011 yilda Cheferin Sloveniya futbol uyushmasi prezidenti etib saylangan. 2015 yilning fevralida esa u o'z lavozimiga qayta saylangan. Bundan tashqari, u 2011 yildan buyon UYeFA Yuridik qo'mitasida rais o'rinbosari sifatida faoliyat ko'rsatib kelgan.
 


Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: UYeFAga yangi prezident saylandi
Просмотров: 1198 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 14:07
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz