UzAuto shartnoma berishni ishlab chiqarish grafigiga moslashtiradi


UzAuto Motors shartnoma berishni ishlab chiqarish grafigiga moslashtiradi
Bundan keyin maʼlum bir muddatda qancha avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan boʼlsa, shuncha avtomobilga moʼljallab shartnomalar qilinadi. 7 kun ichida puli toʼlanmagan har qanday shartnoma avtomatik ravishda bekor qilinadi.
UzAuto Motors Cobalt, Lacetti, Labo va Damas uchun shartnomalar ochilishini eʼlon qildi va narxlari oshirilgan yangi konfiguratsiyalarni taqdim etdi.Rasmiy eʼlonda avtomobillarni yetkazib berish muddatini qisqartirish maqsadida “ishlab chiqarish jadvaliga muvofiq savdo tizimi joriy etilishi” aytilgan.Kun.uz bu borada aniqlik kiritishni soʼrab, kompaniya matbuot xizmatiga murojaat qildi. Maʼlum qilinishicha, bundan keyin maʼlum bir muddatda qancha avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan boʼlsa, shuncha miqdordagi avtomobillar uchun kontraktatsiya qilinadi.Misol uchun, 3 kun ichida Lacetti uchun 70 mingta shartnoma qilinsa va yilning qolgan qismidagi ishlab chiqarish prognozlari 70 mingtadan oshmasa, shartnoma berish toʼxtatiladi. Bu muddatda ishlab chiqarish oshsagina, qoʼshimcha shartnomalar beriladi.Shuningdek, 7 kun ichida puli toʼlanmagan har qanday shartnomalar avtomatik ravishda bekor qilinadi. Eslatib oʼtamiz, oldindan toʼlov miqdori kamida 50 foizni tashkil etadi.
 
 
 


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: ishlab, shartnoma, moslashtiradi, berishni, chiqarish, UzAuto, grafigiga
Просмотров: 113 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 16:02
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz