Главная » SPORT YANGILIKLARI

UzReport Angliya Premyer-Ligasi, Yevropa Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi o‘yinlarini namoyish etadi




UzReport telekanali futbol bo‘yicha Yevropada yangi mavsum startidan boshlab Angliya Premyer-Ligasi, Yevropa Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi o‘yinlarini namoyish etadi.
Telekanal Yevropa Chempionlar Ligasi va Angliya Premyer-Ligasi o‘yinlari translyatsiyasining eksklyuziv huquqini qo‘lga kiritgan. Ya’ni, O‘zbekiston hududiga faoliyat olib borayotgan boshqa telekanallar mazkur musobaqalarni namoyish eta olmaydi.
 
Yangi mavsumdan boshlab esa UzReport nufuzi jihatdan Yevropada ikkinchi raqamli klublar musobaqasi bo‘lgan Yevropa Ligasi o‘yinlarini ham namoyish etadi. Bu haqda telekanalning “Sport” bo‘limi bosh muharriri Yoqubjon Bobojonov ma’lumot berdi.
 
Angliya Premyer-Ligasi va Yevropa Chempionlar Ligasi o‘yinlarining translyatsiyasi borasida UzReport 3 yillik kelishuvga erishgan. O‘tgan mavsum kelishuvning bir yili ortda qoldi.
 
Bobojonovning so‘zlariga ko‘ra, joriy mavsumdan boshlab deyarli barcha markaziy o‘yinlar namoyish etilishi mumkin. O‘tgan mavsumda esa Chempionlar Ligasining bitta turidagi — seshanba va chorshanba kunlaridan 1 donadan o‘yin namoyish qilingandi.
 
Haftaning juma kunini inobatga olmaganda, qolgan olti kunda UzReport futbol uchrashuvlarini translyatsiya qiladi. Seshanba va chorshanba kunlari Yevropa Chempionlar Ligasi, payshanba kuni Yevropa Ligasi, shanba, yakshanba va dushanba kunlarida esa Angliya Premyer-Ligasi o‘yinlari muxlislar uchun taqdim etiladi.

Источник: Daryo.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (03.08.2016)
Просмотров: 433 | Теги: UzReport TV | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar