“UzReport TV” telekanali o‘zbekistonlik bokschilar janglarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etadi


Joriy yilning 25 avgust - 2 sentabr kunlari Germaniyaning Gamburg shahrida boks bo‘yicha 19-Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Nufuzli musobaqada jami 195 ta mamlakat bokschilari o‘zaro kuch sinashadilar. O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari ham Jahon chempionatida barcha vazn toifasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishgan. Delegatsiyasi 7 avgust kuni Germaniyaga uchib ketgandi.

O‘zbekistonlik boks muxlislarining talab va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, “UzReport TV” telekanali Gamburgda bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha Jahon chempionatini eksklyuziv tarzda translyatsiya qilish huquqini xarid qildi. Bu haqda telekanalning Matbuot xizmati xabar berdi.

“UzReport TV” telekanali bugun, 25 avgustdan boshlab O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari hamda Jahonning yetakchi bokschilari ishtirokidagi qiziqarli janglarni jonli efirda namoyish etishni boshlaydi.

Musobaqaning ilk kungi jangida O‘zbekistondan faqatgina bir bokschi ringga chiqadi.

O‘zbekiston terma jamoasining eng yosh a’zosi, 91 kg vazn toifasida ringga ko‘tariladigan Sanjar Tursunov nikaragualik Jeffi Gonsalesga qarshi ringga chiqadi. Jang Toshkent vaqti bilan 26 avgustga o‘tar kechasi, 00:15 dan so‘ng boshlanishi taxmin qilinmoqda.

Agar Sanjar Tursunov ushba jangda g‘alaba qozonsa, keyingi bosqichda argentinalik Yamil Peraltaga to‘qnash keldi.

Akmalxon Eshonxonov



Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: telekanali, o‘zbekistonlik bokschilar, UzReport TV
Просмотров: 1018 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 15:15
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz