Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

"UzReport TV" telekanalidagi futbol o'yinlarining ikki tildagi sharhlarini endi UzDigital TV orqali ham ko'rish mumkin




Avval xabar berganimizdek, "UZREPORT TV" telekanali o'zbek televideniesi tarixida birinchi marta futbol uchrashuvlarining bir vaqtning o'zida ikki tildagi – o'zbek va rus tillaridagi sharhini yo'lga qo'ydi.

shbu imkoniyat suniy yo'ldosh antennalari egalari (sputnik – Yamal 401, 90° shimoliy nur Ku diapazon, qabul qilish chastotasi – 11,505705 GGz) va “O'zbektelekom” AK “Telekom TV” IPTV xizmati foydalanuvchilari uchun mavjud edi. "UZREPORT TV" telekanali bu imkoniyatni bosqichma-bosqich kengaytirish borasida ish olib bormoqda.

SHu yilning 2-iyulidan boshlab UzDigital TV platformasida ham futbol uchrashuvlarini bir vaqtning o'zida ikki tilda tomosha qilish imkoniyati yaratildi. Endilikda UzDigital TV abonentlari ham UZREPORT TV telekanali orqali Evro-2016 uchrashuvlari sharhini o'zlari istagan tilni tanlagan holda tomosha qilishlari mumkin. 

Bunday imkoniyat UzDigital TV hamda UZREPORT TV telekanali mutaxassislarining o'zaro hamkorlikdagi mehnatlari evaziga yuzaga keldi.

Eslatib o'tamiz, Evro-2016 uchrashuvlarini o'zbek tilida Davron Fayziev, Sanjar Rizaev Yoqubjon Bobojonov, hamda taniqli va istedodli aktyor, malum muddat professional futbolchi sifatida ham to'p surgan Alisher Uzoqov sharhlab borishmoqda.

Rus tilida esa futbol uchrashuvlarini “MATCH TV” telekanalining mashhur sharhlovchisi Aleksandr Elagin sharhlab bormoqda.


Источник: championat.asia
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (02.07.2016)
Просмотров: 345 | Теги: UzReport TV | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar