«Uzumzor» Torti — Tug‘Ilgan kunlarga munosib tuhfa

Zarur masalliqlar: 75 gr. shakar, 50 grammdan un va kraxmal, 2 dona tuxum, 8 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, 3 osh qoshiq sut, 2 choy qoshiq xamir yumshatgich; kremiga: 450 gr. tvorog, 400 gr. uzum, 375 ml. yogurt, 250 ml. qaymoq, 175 gr. shakar, 100 gr. yong‘oq, 20 gr. jelatin, 1 ta limon sharbati.

Tayyorlanishi: 1. Tuxumni shakar bilan ko‘pirtirib, o‘simlik yog‘i, sut, un, xamir yumshatgich va kraxmal qo‘shib, xamir tayyorlang.

2. Aylana shakldagi qolipga xamirni solib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqaga qo‘ying.

3. Sovuq suvga jelatinni solib iviting. Uzum mevasi donalarini o‘rtasidan ikkiga bo‘ling. Danaklarini olib tashlang.

4. Tvorog, shakar, limon sharbati va yogurtni aralashtiring. Qaymoqni ko‘pirtirib, jelatin bilan birga kremga qo‘shing.

5. Korj ustiga kremdan solib, uzum donalarini tering. Keyin qolgan kremni ham solib, yuzini maydalanga yong‘oq va uzum donalari bilan bezating. Dasturxonga tortishdan avval 1-2 soat muzlatkichda qo‘ysangiz bo‘ladi.

4 kishilik

1 soat.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: tort, munosib tuhfa, Uzumzor, Tug‘Ilgan kun
Просмотров: 2977 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 14:12
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz