Va'da qilingan “Mehmonxona” seriali tez kunda teleekranlaringizda


“Yoshlar” teleradiokanali buyurtmasiga binoan “O‘zbektelefilm” Davlat unitar korxonasi tomonidan suratga olinayotgan yigirma qismdan iborat bo‘lgan “Mehmonxona” ("Hotel'') deb nomlangan teleserial haqida saytimiz orqali xabar bergan edik. Mazkur film bugungi kunda tayyor bo‘ldi va xalqimizga teleekranlar orqali namoyish etilish arafasida. Mazkur serialning rejissyori Akrom Isakov film namoyishidan oldin saytimiz orqali batafsil ma’lumotlarni taqdim etdi.
“Mehmonxona” teleserialini g‘oya muallifi o‘zimman. Ssenariyni Barno Abdurashidova, Nosir Boymirzaev birgalikda yozganmiz. Biz bu ssenariyni yozishdan oldin, qaysidir aktyor yoki aktrisani yaratilayotgan obrazda ko‘rib, har tomonlama mukammal va puxta o‘yladik. Ko‘rib turganingizdek teleserialimizda mashhur va professional aktyorlar jamoasini jalb qildik. Ko‘pchilik taniqli aktyorlar filmimda o‘ynasa ko‘ppchilikni qiziqtiradi deb o‘ylaydi. Biroq biz bu qikrdan umuman yiroqmiz. Chunki bir qator yangi chehralarni ham kasting orqali saralab oldik. Kastingni ham keng ijodiy guruh bilan birga bosh muharrir tajribali mutaxassis Dilbar Ziyodova boshchiligida bo‘lib o‘tdi. Suratga olish ishlari bir yildan ko‘proq vaqt mobaynida yakunlandi.
Bugungi kunda ekranlarimizda teleseriallarda turmush tashvishlari bilan bog‘liq maishiy muammolar asosiy mavzu etib tanlanishi tabiiy hol bo‘lib qolgan. Ayrim teleseriallar rejissura taraflama sayoz, ssenariysi juda oddiy. Xalqimiz ko‘proq oddiylikni ma’qul ko‘radi, lekin rivojlanib borayotgan zamonning o‘ziga xos tomonlarini ham ko‘rsatib berish kerak, degan maqsadni oldimizga qo‘yib, mustaqilligimizdan so‘ng erishgan yutuqlarimizni ko‘rsatishga qaror qildik. “Mehmonxona” deganda o‘zimizning milliyligimizni, turizm sohasi rivojlanganligini aks ettirdik. Rejissura va operatorlar yechimiga ko‘proq ahamiyat berdik. Murakkab kadrlarga boy bo‘lgan serialimizda postonovkachi operator vazifasini Bahrom Berdiev, Mirzokir Mirsoatov bajarishdi.
“Mehmonxona” filmi uchun alohida saundtrek yaratildi. So‘zlarini serial ma’nosidan kelib chiqqan holda Orif To‘xtash qalamiga mansub tarona yaratildi va “TARONA RECORDS” kompaniyasi bilan hamkorlikda yozildi. Mazkur saundtrek estradamizning yorqin yulduzi Shahzoda tomonidan ijro etildi. Ikkinchi qo‘shiqni esa iste’dodli xonanda Akbar kuyladi. Ikki tarona ham o‘zga yo‘nalishda. Ushbu taronalar teleserial namoyishidan oldin premera qilinishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Tohir Sodiqovning ham “Adashdim” deb nomlangan kompozisiyalari aynan shu teleserial ichida premera etiladi” – deya so‘zlarini yakunlar ekan Akrom Isakov barcha ijodiy jamoaga, alohida Toxir Sodikovga, “TARONA RECORDS” ga o‘z yordamini ayamagani uchun minnatdorchiliklarini izhor etdi.


 


Категория: KINO YANGILIKLARI | Теги: Mehmonxona
Просмотров: 2485 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 06:57
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz