Главная » TURFA OLAM

Vafodor it o`z joni evaziga egasini zaharli ilonlar hujumidan asradi





Yarim tunda uy egasi itning tinimsiz vovullashidan uyg`onib ketdi, biror yomonlikni sezib, u hovliga yugurib chiqdi, deb xabar berdi “Nonbox.ru” nashri.

Egasini zaharli ilonlar hujumidan saqlab, o`zi halok bo`lgan mazkur doberman zotiga mansub it Hindistonning Sebekapur shtatiga ko`milgan. U yangi egasi bilan atigi bir necha oy yashadi. It uyga kirishga harakat qilgan zaharli ilonlar bilan to halok bo`lguncha olishgan. Oqibatda o`zi ham jon taslim qilgan, hayotining so`nggi lahzasini esa o`zi himoya qilgan insonlar qurshovida o`tkazgan.


“Itning jasoratidan hayratdaman, u o`z hayoti evaziga bizni falokatdan qutqardi. Uni hech qachon unutmayman”, dedi itning egasi Raita Dibakar. Qahramon itni dafn etishga barcha qishloq ahli yig`ildi. It bo`lsa-da, ko`rsatgan vafo-sadoqati uchun u hurmat-e`tiborga loyiqdir. Aslida insonlar mehrni, vafodorlikni, beg`araz muhabbatni undan o`rganishi lozim...

Источник: darakchi.uz
Категория: TURFA OLAM | Добавил: AdminoFF (17.11.2016)
Просмотров: 593 | Теги: It, zaharli ilonlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar