Главная » DUYNO XABARLARI

Venesuelada odamlar ovqat uchun mushtlasha boshladi




Mahsulotlar tanqisligi, inflyatsiyaning oshib borishi va davlat daromadlarining kamayishi bilan tavsiflanadigan bir vaziyatda Venesuela aholisi ovqat qidirib topish uchun noiloj choralar ko‘rishga majbur bo‘lmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru” The New York Times’ga tayanib.

Xabarlarga ko‘ra, so‘nggi ikki hafta ichidayoq mamlakatda oziq-ovqat tufayli 50 dan ortiq qo‘zg‘olon, norozilik va ommaviy talonchiliklar amalga oshirilgan. O‘nlab korxonalar o‘marib ketilgan yoki yo‘q qilingan, kamida besh kishi o‘ldirilgan, ular orasida to‘rt yoshli qizcha ham bor.

NYT maqolasida aytilishicha, Venesuelada oziq-ovqat qurolli soqchilar nazorati ostida yetkazib beriladi. Askarlar novvoyxonalarni qo‘riqlab turadi, politsiya esa oziq-ovqat do‘konlari va dorixonalarga shiddatli hujum uyushtirayotgan olomonni tarqatish uchun rezina o‘qdan foydalanadi.

Nashr keltirgan statistika bo‘yicha, venesuelaliklarning 87 foizi yetarli miqdorda oziq-ovqat sotib olish uchun pulga ega emas, oylik maoshning 72 foizga yaqini esa faqat ovqatga ishlatiladi. Odamlardan ular qachon oxirgi marta ovqatlangani haqida so‘ralsa, ko‘pchilik bugun hali hech narsa yemaganini aytadi.

O‘z navbatida, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro do‘konlarga hujumlar ortida sotsialistni hokimiyat tepasidan ag‘darish bo‘yicha referendum o‘tkazish uchun kurashayotgan muxolifat turibdi, deb hisoblaydi.


Источник: daryo.uz
Категория: DUYNO XABARLARI | Добавил: AdminoFF (22.06.2016)
Просмотров: 314 | Теги: oziq-ovqat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar