Video: Ronaldu yoki Messi, qaysi biri jamoada yetakchi?


Kataloniyaning “Barselona” klubi Yevropa chempionlar ligasi chorak final javob bahsida “Roma”ga imkoniyatni boy berib musobaqani tark etdi.

Zero, kataloniyaliklar o‘z maydonida o‘tkazgan o‘yinda katta ustunlik bilan raqiblarini mag‘lub etgandi. Ammo Italiyadagi bahs umuman kutilmagan natija bilan yakunlandi.

Rimliklar haqiqiy iroda ko‘rsatib, uchta golli farqni yo‘qqa chiqardi va yarim finalda “Liverpul” bilan o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.

Xullas, “Barselona” va Messini joriy mavsum Yevropa chempionlar ligasidagi ishtirokini boshqa ko‘rmaymiz.

“Real”da esa vaziyat sal boshqacha. Ha, madridliklar “Yuventus” to‘sig‘idan arang o‘tib olishdi. Turindagi dastlabki matchda yirik hisobga erishgan “qirollik klubi” javob o‘yinida qanday qiynalib va qanday yarim finalga yo‘llanma olganini ko‘rdingiz.

Futbol jamoatchiligi ham so‘nggi daqiqalardagi penalti xato belgilanganini ta’kidlamoqda. Bu vaziyat ko‘plab muxlislarning bir-biri bilan muhokama qilishiga sabab bo‘lmoqda. Lekin oxirgi qarorni hakam chiqarib bo‘ldi, “Real” – yarim finalda o‘ynaydi.

Shubhasiz, endi “Barselona” va “Real”ning chorak finaldagi ikki o‘yini ko‘proq yodimizda saqlanib qoladi. Chunki “Barsa” kutilmaganda sindi, “Real” esa kutilmaganda sindirdi.

Ikki klub yetakchilari Ronaldu va Messi bir o‘yinda jamoasining uchta gol o‘tkazib yuborganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi va tabiiyki, bundan xursand ham bo‘lmadi.

Xo‘sh, siz nima deb o‘ylaysiz? “Roma” “Barselona”ga gol urganda Messining munosabati qanday bo‘ldi-yu, “Yuventus” gol urganda Ronalduning munosabati qanday bo‘ldi.

Ha, yana o‘sha odatiy savol jamoada kim yetakchi Ronaldu yoki Messi? Bu savolga ushbu videoni ko‘rish orqali javob olishingiz mumkin.



Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: ronaldu, Qaysi, yetakchi, jamoada, biri, Messi
Просмотров: 1782 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 04:20
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz