Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

Vladimir Putin Samarqandda Islom Karimov qabrini ziyorat qildi





Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirish uchun Samarqandga yetib keldi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin va O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov qabriga gullar qo‘ydi”, — deyiladi Kreml axborotida.
 
Qayd etishlaricha, Vladimir Putin O‘zbekiston Birinchi Prezidentining yaqinlari bilan uchrashib, ularga hamdardlik bildirgan.
 
Avvalroq Putin Xitoyda o‘tgan G20 sammitida doirasida jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi chog‘ida Samarqandda bo‘lib, Islom Karimov qabrini ziyorat qilishni va uning xotirasiga ta’zim bajo keltirishini aytib o‘tgan edi.
 
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2-sentabr, juma kuni vafot etdi. Dafn marosimi 3-sentabr kuni, Islom Karimovning o‘z vasiyatiga ko‘ra, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. 3—5-sentabr kunlari O‘zbekistonda, 5-sentabr esa Kubada motam kunlari deb e’lon qilindi.

Источник: Daryo.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (06.09.2016)
Просмотров: 768 | Теги: Islom Karimov, Vladimir Putin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar