Главная » TEXNOLOGIYA

Wi-Fi choynak 11 soat deganda choy qaynatdi




 

Britaniyalik fuqaro “aqlli” choynak yordamida choy qaynatish uchun 11 soat vaqt sarfladi, deb xabar beradi “Vesti”. 

Mazkur choynak Wi-Fi`ga ulanganidan so`nggina ishlay boshlaydi. 

Ma`lumotlarni tahlil qilish bilan shug`ullanuvchi mutaxasis Mark Rittman ertalab soat 9 da “aqlli” choynak yordamida choy qaynatmoqchi bo`ldi. Biroq qurilma ishlamadi ya`ni u Wi-Fi tarmog`iga ulanish jarayonida xatolik yuzaga keldi. 

Asosiy muammo esa choynak o`z bazasi bilan bog`lana olmaganidan kelib chiqadi. 

Rittman texnika ishlashini kutib 11 soat vaqt o`tkazdi. Vanihoyat choynak ishlab ketdi. biroq u ishlaganidan so`ng uydagi yoritish tizimi ishdan chiqdi. Sababi, “aqlli” choynak o`zini yangilash uchun ko`p elektr sarfladi.


Источник: darakchi.uz
Категория: TEXNOLOGIYA | Добавил: AdminoFF (13.10.2016)
Просмотров: 408 | Теги: choynak, Wi-Fi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar