Xakka guruch maydonlari jahon merosi ob’ekti deya tan olindi


Xitoyning Szyansi provinsiyasidagi Xakka guruch maydonlari jahon qishloq xo‘jalik merosi ob’ekti deya tan olindi. BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning rasmiy bayonotida shu haqida ma’lum qilindi.

Guruch maydonlari Xitoyda guruch yetishtiriluvchi eng keng joylardan biri hisoblanadi. Muhofaza qilinuvchi tabiat maydoni 2,6 gektardan oshadi hamda shimoldan janubga - 59 kilometrga va g‘arbdan sharqqa 73 kilometrga cho‘zilgan.

Xakka jahon merosi ob’ekti maqomini olishi uchun mahalliy xalq uch yildan ortiq harakat qildi. 2014 yilda Ganchjou shahri ma’muriyati FAO'ga rasmiy ariza bergan, 2017 yilning sentyabrida BMT vakillari qishloq xo‘jalik ob’ektini jahon merosiga qo‘shilish imkoniyatlarini o‘rganish uchun uch kunlik tekshiruv ishlarini yo‘lga qo‘yishdi.

Tarixchilarning fikricha, Xakka guruch maydonlarining yaratilishi Sun sulolasi boshqaruv davriga (960-1279) borib taqaladi. Min sulolasi davrida (1368-1644) terassa tizimining kengayishi kuzatiladi va Sin sulolasi davrida (1644-1911) tugallanadi.

Xitoy FAO jahon merosi ob’ektlari soni bo‘yicha dunyo reytingida birinchi o‘rinni egallagan, qishloq xo‘jalik zonalarining 15 tasi nufuzli mavqega ega.



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: deya tan olindi, Xakka guruch, ob’ekti, jahon merosi, maydonlar
Просмотров: 829 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 01:08
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz