Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Xonanda Ahror Usmonov 10 kun komada yotgani haqidagi xabarlarni rad etdi




Xonanda Alijon Isoqovning mashinasi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasidan so‘ng, avtomobil ichida bo‘lgan boshqa bir xonanda — Ahror Usmonov og‘ir ahvolda ekani haqida taniqli so‘z ustasi Obid Asomov Instagram’dagi sahifasi orqali xabar qoldirgan edi.

Bundan tashqari, bir qator xorijiy ommaviy axborot vositalarida Ahror Usmonovning ahvoli haqiqatan ham og‘irligi, u 10 kun davomida hushsiz (komada) yotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Jurnalist Feruz Muhammad bu gap-so‘zlarga aniqlik kiritish maqsadida Ahror Usmonov bilan suhbat uyushtirdi.

— Sog‘lig‘ingiz yomonlashgani, avtohalokat natijasida komaga tushib qolganingiz haqida gap-so‘zlar yurmoqda. Bu gap-so‘zlar qanchalik haqiqatga yaqin?
— Avtohalokatdan so‘ng G‘azalkentdagi shifoxonaga olib borishganida komada bo‘lgan ekanman, shundan keyin Toshkentdagi 16-shahar kasalxonasi shoshilinch bo‘limiga olib kelishgan. Hozirda ToshMI shifoxonasidaman. Xudoga shukr, ahvolim yaxshi, ancha tuzalib qoldim.

— Chet el ommaviy axborot vositalaridan birida siz o‘n kundan buyon komada yotganingiz haqida xabar chiqdi. Avtohalokatdan so‘ng hushingizga kelishingiz uchun 10 kun vaqt ketdimi?
— Avariyadan so‘ng 2 kuncha, G‘azalkentdagi shifoxonaga olib kelishganidan boshlab u yerdan ketgunimcha komada bo‘lganman. Shifokorlar 16-shahar shifoxonasining shoshilinch bo‘limida hushimga keltirishdi.

— Hozir ahvolingiz qay darajada?
— Ahvolim yaxshi. Halokatda chap qo‘lim singan edi, bu qo‘limga temir qo‘yishgan. O‘ng qo‘lim avariya bo‘lgan vaqtda tashqarida qolib ketgan, uni 1—2 kun ichida yengil operatsiya qilib, qo‘limda qolib ketgan tosh va tuproq bo‘laklaridan tozalaymiz, deyishdi.

— Avtohalokat vaqtida siz turmush o‘rtog‘ingizni yonida bo‘lgan ekansiz. Xonanda Alijon Isoqov haydovchi o‘rindig‘ining orqasida bo‘lganligi sababli avtohalokat nimadan, qanday noto‘g‘ri harakatdan kelib chiqqanini aytib bera olmadi. Bu hodisa qanday sodir bo‘ldi?
— Turmush o‘rtog‘im mashinani yaxshi boshqarayotgan edi. “Mening ona yurtim Farg‘ona” degan qo‘shiq yozgan edim, ushbu qo‘shiqni eshitib, gap-so‘z bilan chalg‘ib, tezlik oshib ketganini ham sezmay qoldik. Bunday qarasam yo‘lning chekkasiga chiqib ketayotgandek tuyuldi. “Ayasi, tezlikni sekinlat, sekinlat”, deyishga ulgurdim xolos, rulni boshqara olmay qoldi va shu avariya sodir bo‘ldi.

— Turmush o‘rtog‘ingizni ahvollari qanday?
— Xudoga shukr, u hozir uyda. Avariya oqibatida oyog‘i singani uchun travmatologiya bo‘limida davolanib chiqdi.

— Shifokorlar sizga qachon javob berishadi?
— Shifokorlar rosa qo‘llab-quvvatlashmoqda. Yoshingiz 18—20 atrofida bo‘lsa, tezda tuzalib, oyoqqa turib ketar ekansiz. Hozirgi ahvolimni hisobga olsam, hali-beri shu yerda bo‘lsam kerak. Kundan kunga sog‘lig‘im yaxshi tomonga o‘zgarmoqda. Xudo xohlasa, tez kunlarda ko‘rmagandek bo‘lib ketaman.


Источник: daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (22.07.2016)
Просмотров: 642 | Теги: Ahror Usmonov, Alijon Isoqov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar