Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Xonanda Ahror Usmonov avtoto‘qnashuvdan so‘ng og‘ir ahvolda yotibdi



Xonanda Alijon Isoqovga tegishli Toyota Land Cruiser Prado avtomobilining bordyurga urilib, ag‘darilib ketishi oqibatida tan jarohati olgan xonanda Ahror Usmonovning ahvoli og‘ir. Bu haqda taniqli so‘z ustasi Obid Asomov Instagram’dagi sahifasida xabar qoldirgan.

“Inson ertaga nima bo‘lishini bilmaydi. Ajoyib ovoz sohibi, yaxshi ukam Ahror Usmonov avtohalokat sabab, bir haftadirki, juda og‘ir ahvolda yotibdi”, — deb yozadi Obid Asomov.

“Muxlislarimizdan iltimos, shunday aziz kunlarda shu yigitning haqqiga duo qilinglar. Bolalarining, o‘zbek san’atining baxtiga sog‘ayib ketsin”, — deb, Obid Asomov Instagram’dagi o‘z o‘quvchilariga iltimos bilan murojaat qilgan.

Avvalroq xonanda Alijon Isoqovning Toyota Land Cruiser Prado avtomobili Chorvoq yo‘lida avariyaga uchragani haqida xabar berilgan edi.

Avtomobil ichida Alijon Isoqovdan tashqari Ahror Usmonov, uning turmush o‘rtog‘i va uch qizi hamda bir shogirdi, jami yetti kishi bo‘lgan, hodisa vaqtida avtomobilni Ahror Usmonovning turmush o‘rtog‘i boshqarayotgan bo‘lgan.


Источник: daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (30.06.2016)
Просмотров: 786 | Теги: Ahror Usmonov, Alijon Isoqov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar