Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Xonanda Dilfuza Ismoilova u Ahmadboyni duo qilayotgani tasvirlangan videolarga munosabat bildirdi



Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Dilfuza Ismoilova to‘y marosimi vaqtida chinozlik Ahmadboyni duo qilayotgani tasvirlangan videolar paydo bo‘ldi. Video aynan qachon, qaysi to‘yda olingani ma’lum emas.
Dilfuza Ismoilova: “Baxtimizga, boy otamiz sog‘ bo‘lsinlar, umrlari uzoq bo‘lsin! Alloh sizni o‘z panohida asrasin. Boy otamizni yomon ko‘zlardan, yomon odamlardan Xudo asrasin!”, — deb niyat bildirgan.
 

 

“Qalampir.uz” nashrining yozishicha, mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Masalaga oydinlik kiritish maqsadida nashr muxbirlari xonanda bilan bog‘langan.

“Ahmadboy qarindoshlarimizdan biri bo‘lgan. Siz aytayotgan videoda esa nomaqbul holat yo‘q. Men u kishinning xonadonida to‘yda qatnashganman. Bu video shu to‘yda olingan”, — dedi Dilfuza Ismoilova.

Ma’lumot uchun, bir necha yil davomida ikki barobar qilib qaytarish va’dasi bilan juda katta miqdordagi omonat mablag‘larini milliy va xorijiy valyutada qabul qilish bilan noqonuniy ravishda shug‘ullanib kelgan, chinozlik Ahmadboy nomi bilan tanilgan Ahmad Tursunboyev 15-iyun kuni huquq-tartibot organlari tomonidan hibsga olingan edi.

Ahmadboy hibsga olinganidan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlar va ommabop messenjerlarda unga pul bergani taxmin qilingan san’atkorlarning ro‘yxatlari paydo bo‘ldi. Aniqligi gumon ostida bo‘lgan bu ro‘yxatlarga kiritilgan san’atkorlarning ba’zilari, xususan,Munisa Rizayeva, Ra’no Yarasheva, Adham Soliyev kabilar Ahmadboyga pul berganini rad etib chiqdi.


Источник: daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (19.07.2016)
Просмотров: 469 | Теги: Dilfuza Ismoilova | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar