Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Xonanda Jahongir Otajonov oktabrda 2016-yil hisobidan ikkinchi konsertini taqdim etadi




Xonanda Jahongir Otajonov 28—29-oktabr kunlari Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida “Kuz gullari” deb nomlangan jonli ijrodagi konsert dasturini taqdim etadi. Bu haqda xonanda Instagaram’dagi sahifasida xabar qoldirgan.
 

Xonandaning ma’muri Sherzod Magrupov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qilishicha, Jahongir Otajonovning 2016-yil hisobidan ikkinchi konserti uning o‘z jamoasi tomonidan tashkil etiladi.

“Jahongir Otajonovning ko‘plab muxlislari ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali yana konsert tashkil etish taklifini bergan edi. Jonli ijrodagi navbatdagi konsert aynan shu talab va takliflar asosida o‘tkaziladi”, — dedi xonandaning ma’muri.

Ma’lumot uchun, xonanda Jahongir Otajonov shu yilning 3—5-iyun kunlari “Istiqlol” san’at saroyida “Ishtiboh” deb nomlangan jonli ijrodagi konsert dasturini taqdim etgan edi.


Источник: daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (19.07.2016)
Просмотров: 244 | Теги: Jahongir Otajonov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar