Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Xonanda Jahongir Otajonov uning konsertini tasvirga olayotgan videochini “ushladi” (video)




Xonanda Jahongir Otajonov “Istiqlol” san’at saroyida “Ishtiboh” deb nomlangan jonli ijrodagi konsert dasturini taqdim etgani, bu konsertda tasvirchilar guruhi ishlamasligi haqida avval xabar berilgan edi.

Qayd etish joiz, konsertning birinchi kunida tasvirchilar guruhi ish olib bormadi, ikkinchi kunida esa videotasvirchi bilan bog‘liq qiziq holat yuz berdi.

Jurnalist Feruz Muhammadning ma’lum qilishicha, Jahongir Otajonov qo‘shiq aytayotgan joyida ijroni to‘xtatib, konsertni videoga olayotgan yagona tasvirchiga: “Siz qaysi studiyadan keldingiz?”, — deb murojaat qildi.

“Tasvirchi ham, muxlislar ham jim bo‘lib qoldi. Tasvirchi qaysidir studiyani nomini aytganidan so‘ng, xonanda kulib, yana qo‘shiqni davom etdi”, — deydi Feruz Muhammad.


Источник: daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (19.06.2016)
Просмотров: 1010 | Теги: Jahongir Otajonov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar