Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Xonanda Nargiz Zokirovaning xonadonidagi janjalga polisiya aralashdi



Nargiz Zokirovaning sobiq turmush o`rtog`i Filipp Balzano AQShda qamoqqa olindi, deb xabar berdi “1news.az” nashri.

Nargiz Zokirova turmush o`rtog`idan ajrashmoqchi ekanligini ma`lum qilgach, uning oilasida janjal avj olib, oqibatda turmush o`rtog`i Filipp Balzano qamoqqa olindi.

Yoz oylarining boshidayoq “Golos” shousi yulduzi Nargiz Zokirova italiyalik qo`shiqchi Filipp Balzanodan ajrashayotgani haqida xabar tarqalgan edi. Nargizning bu qarorga kelishi oson bo`lmadi, chunki Filipp bilan 20 yildan beri birga yashaydi, ularning Leyla ismli qizi bor. Nargiz Nyu-York shahrida nikohdan o`tganligi sababli ajrim hujjatlarini ham o`sha erga topshirgan.

Nargiz Zokirovaning aytishicha, ularning ajrishlariga iqtisodiy kelishmovchiliklar sabab bo`lgan. Nargiz Zokirovaning oldingi oilasida ham farzandlari bor. O`g`li Auelning ma`lumot bershicha, o`gay otasi Filipp Balzano onasini o`ldirish bilan qo`rqitib, turli tahdidli, haqoratli  SMS xabarlarni jo`natgan. Shundan keyin yigit uni polisiyaga bergan. Nyu-Yorklik huquq-tartibot xodimlari uni darrov qo`lga olgan. Xonandaning so`zlariga qaraganda, Filipp shtatning  “Order of protection”, ya`ni o`gay bola bilan aloqada bo`lish qonunini buzganligi uchun jazoga tortiladi. Filipp yaqin kunlarda ozod etiladi, sud sentyabr oyida bo`lib o`tishi ko`zda tutilgan.

Источник: darakchi.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (09.08.2016)
Просмотров: 981 | Теги: Nargiza Zokirova | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar