Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Xonanda Rayhon boshlovchi Farhod Alimov bilan nikohlanishdan avval Yigitalining oldidan o‘tgani ma’lum qilindi





Boshlovchi Farhod Alimov va xonanda Rayhon nikohdan o‘tish arafasida sobiq turmush o‘rtoqlarining oldidan o‘tgan. Bu haqda “Sayyod.com” xabar bermoqda.
Avvalroq Farhod Alimov va Rayhon nikohdan o‘tgani, shu munosabat bilan 5-noyabr kuni amru-ma’ruf sifatida osh berilayotgani haqida xabar berilgan edi. To‘y qachon bo‘lishi hozircha noma’lum.
 
“Har ikki tarafning sobiq turmush o‘rtoqlari bilan munosabatlari allaqachon rasman uzilgan. Ularning boshqa yangi munosabatlari mavjud bo‘lsa ham, [Rayhon va Farhod] bu yangi turmushi haqida ularning oldidan o‘tgan va barchasi o‘zaro rozilik natijasida bo‘layotgani ma’lum”, — deb yozadi “Sayyod.com”.
 
Bir necha kun avval Rayhonning sobiq turmush o‘rtog‘i, aktyor Yigitali Mamajonov xonandaning ikkinchi marta oila qurishiga munosabat bildirar ekan, “bo‘layotgan ishlardan xursand emasligi”ni aytib o‘tgan edi.
 
Oldinroq Farhod Alimov “Qalampir.uz” nashriga bergan intervyusida sobiq turmush o‘rtog‘i bilan 2016-yilning may oyida rasman ajrashganini bildirgan. Qayd etish joiz, Rayhon va uning sobiq turmush o‘rtog‘i — aktyor Yigitali Mamajonovning nikohi rasman bekor bo‘lgani ham 2016-yil may oyida ma’lum qilingan edi.
 
Farhod Alimov intervyularining birida sobiq rafiqasi bilan ajrashishiga Rayhonning aloqasi yo‘qligini alohida ta’kidlab o‘tgan. Rayhon va Farhod Alimovning to‘yi, xonandaning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, xorijda o‘tkazilishi mumkin.

Источник: Daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (02.11.2016)
Просмотров: 1940 | Теги: Farhod Alimov, Rayhon | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar