Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Xonanda Rayhon Instagram’da sobiq turmush o‘rtog‘i ishtirokidagi videoga “Barakalla, Yigitali” deb izoh qoldirdi






Aktyor Yigitali Mamajonov 2-oktabr kuni Instagram’dagi sahifasida e’lon qilgan videorolikka, aktyorning ko‘plab muxlislari qatorida, uning sobiq turmush o‘rtog‘i, xonanda Rayhon ham munosabat bildirdi.

Yigitali Mamajonov Instagram’da qoldirgan izohiga ko‘ra, videolavha 2015 yil 7 oktabr kuni, rejissor Andrey Arutyunov rahbarligida suratga olingan. Xivadagi tarixiy obidalar ichida olingan rolikda aktyor murakkab jangari va parkur harakatlarini, tan olish kerak, mahorat bilan amalga oshirganini ko‘rish mumkin.
Mazkur videolavhaga Yigitali Mamajonovning sobiq turmush o‘rtog‘i, xonanda Rayhon G‘aniyeva: “Juda zo‘r. Barakalla, Yigitali”, — deb munosabat bildirgan. Bunga javoban Yigitali: “Rayhon, rahmat!”, — deb javob qaytargan.

Rayhon G‘aniyevaning-da olqishiga sazovor bo‘lgan ushbu videolavha qachon, qayerda, nima uchun olinganini bilish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad aktyor bilan bog‘landi.

“Bu qisqa metrajli film. Unda boshqa bir aktyorning o‘rniga dublyorlik qilganman. Ushbu film ‘Oyqiz ertagi’ tarixiy ertak-filmining suratga olish ishlari oxirida suratga olingan edi”, — dedi Yigitali Mamajonov.

Ma’lumot uchun, Yigitali Mamajonov va Rayhon G‘aniyeva 2012-yil noyabrida turmush qurgan edi, 2014-yil may oyida esa juftlik o‘g‘il egizaklar ota-onasiga aylandi. 2015-yil yanvarida Rayhon ajrashishga ariza berganini e’lon qildi, 2016-yil may oyida esa aktyor va xonandaning nikohi rasman bekor qilingani ma’lum bo‘ldi.

Источник: Daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (05.10.2016)
Просмотров: 758 | Теги: Yigitali Mamajonov, Rayhon | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar