Xonanda Rayhon konsertiga qalbaki chiptalar sotilayotganidan ogohlantirdi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva 23—27-fevral kunlari “Istiqlol” san’at saroyida navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Xonandaning o‘zi konsertiga qalbaki chiptalar sotilayotganidan ogohlantirdi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda.

Kecha, 21-yanvar kuni xonanda Instagram’dagi shaxsiy sahifasi orqali konsertga kirish huquqini beruvchi qalbaki chiptalar sotilayotganini aytib, bunday chiptalarni sotayotgan uddaburonlarning nayranglariga aldanib qolmaslikdan ogohlantirdi.


“Qalbaki taklifnomalardan ehtiyot bo‘ling! Bu qalbaki!”, — deya Rayhon soxta chipta suratini postga ilova qilgan.“Istiqlol” san’at saroyidan olingan ma’lumotlarga qaraganda, Rayhonning bu yilgi konsert dasturiga chiqarilgan chiptalar narxi 20 000 mingdan 180 000 minggacha etib belgilangan.



Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Rayhon
Просмотров: 1831 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 16:53
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz