Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Xonanda Rayhon onasi Tamara Shokirovani xotirladi





O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva onasi Tamara Shokirovani xotirladi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
Yana uyimizda sizning joyingiz bo‘m-bo‘sh,
 
Ishdan qaytganimda eshik ochmaysiz.
 
Jilmayasiz, uyg‘onib ketaman, tush…
 
Bilaman hech qachon bizdan kechmaysiz.
 
Olislardan kuzatib turasiz jim,
 
Qutqarasiz bizni qayg‘u, xatardan.
 
Mangu farishtamsiz, bilar yuragim,
 
Oyi, uchrashamiz endi mahsharda…”, — deb yozdi Rayhon onasining suratini Instagram’dagi sahifasiga joylashtirib.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli aktrisa Tamara Shokirova 2012-yilning 22-fevral kuni uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etgan. Rayhon o‘sha paytda “Istiqlol” san’at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etayotgan edi. Quvonchli kunida onasining vafot etishi Rayhonga qattiq zarba bo‘lgan edi.
 
Tamara Shokirova hayot bo‘lganida 61 yoshda bo‘lardi.

Источник: daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (29.11.2016)
Просмотров: 335 | Теги: Tamara Shokirova, Rayhon G‘aniyeva | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar